date

Skoulz Liverpulning inqirozida Slotni aybladi


Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Skoulz "Liverpul" jamoasining joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini kutilmagan omil bilan izohladi. Arne Slot boshchiligidagi jamoa soʻnggi 11 ta oʻyinda sakkiz marta magʻlubiyatga uchradi.

"Hammasi oʻtgan mavsum oxirlarida boshlangan edi – eslaysizmi, ular chempion boʻlishgandi? Inqiroz ular Ibizaga yoki shunga oʻxshash joyga ketganida boshlangan.

Arne Slot u yerda didjeylik qilgan. Menimcha, bu munosib emas", – dedi Skoulz "The Good, The Bad and The Football" podkastida.

Angliya chempionatining 12-turidan soʻng "Liverpul" 18 ochko toʻplab, turnir jadvalida 12-oʻrinni egallab turibdi. Chorshanba kuni "Liverpul" Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida PSV bilan oʻynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Skoulz Liverpulning inqirozida Slotni aybladi