
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-tur bahslari o‘ta yuqori shiddatda o‘tib, muxlislarga bir qator ta’sirchan gollar va kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Turning markaziy bellashuvida «Arsenal» o‘z maydonida «Bavariya»ni ortda qoldirib, ishonchli 3:1 hisobida zafar quchdi va guruhda mutlaq peshqadamga aylandi. Arteta shogirdlari hozirgacha biror marta ham ochko yo‘qotgani yo‘q — bu jamoaning a’lo formasini yana bir bor tasdiqlaydi.
Arsenal — Bavariya 3:1
Gollar: Timber (22), Madueke (69), Martinelli (76) — Karl (32).
Arsenal — Rayya, Lyuis-Skelli (Kalafiori, 68), Moskera, Timber (Uayt, 80), Saliba, Subimendi, Rays, Merino, Eze (Edegor, 80), Trossar (Madueke, 38), Saka (Martinelli, 68).
Bavariya — Noyer, Ta, Stanishich, Upamekano (Kim, 81), Laymer (Bishof, 72), Kimmix (Goretska, 81), Pavlovich, Olise, Gnabri (Jekson, 72), Karl (Gerreyru, 81), Keyn.
Ogohlantirishlar: Upamekano (23), Laymer (43), Saliba (74), Merino (80).
Eng yorqin shou esa Parijda kechdi. «PSJ» «Tottenhem»ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi, Vitinya esa to‘liq ma’noda bahs qahramoniga aylandi — u xet-trik qayd etib, o‘z jamoasini muhim g‘alabaga yetakladi. Bu o‘yin nafaqat gollarga, balki yuqori tezlikdagi hujumlarga ham boy bo‘ldi.
PSJ — Tottenhem 5:3
Gollar: Vitinya (45, 53, 76 penalti) — Risharlison (35), Kolo-Muani (50, 72).
PSJ — Shevale, Zair-Emeri, Markinos, Pacho, Mendesh (Ernandes, 46), Nevesh, Vitinya (Zabarniy, 90+4), Ruis, Barkolya (Li Kang In, 56), Njantu (Ramush, 79), Kvaratsxeliya (Dembele, 79).
Tottenhem — Vikario, Porro, Grey (Palinya, 76), van de Ven, Romero, Spens (Udogi, 84), Bentankur, Bergvall (Quddus, 76), Sarr (Odober, 84), Risharlison, Kolo-Muani (Simons, 84).
Ogohlantirish: Bergvall (45+2).
Chetlatish: Ernandes (90+3).
«Real» Madrid esa Afinadagi uchrashuvda «Olimpiakos» bilan qiyin vaziyatda to‘qnashdi. Lekin bu kecha bitta ism aylanasida aylandi — Kilian Mbappe. U poker qayd etib, jamoasiga 4:3 hisobida dramatik g‘alabani kashf qildi.
Olimpiakos — Real 3:4
Gollar: Shikinyu (8), Torimiy (52), Al Kaabi (81) — Mbappe (22, 24, 29, 60).
Olimpiakos — Solakis, Rodiney (Koshtinya, 71), Retsos, Pirola (Byankon, 62), Ortega, Muzakitis, Garsiya (Hezze, 46), Podense (Strefetssa, 71), Shikinyu (Torimiy, 28), Martinsh, Al Kaabi.
Real — Lunin, Trent, Asensio (Dias, 73), Karreras, Mendi, Chuameni, Guler (Bellinghem, 61), Valverde, Kamavinga (Sebalos, 46), Vinisius (Fran Garsiya, 90), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Kamavinga (23), Ortega (40), Guler (56).
Turning eng katta sensatsiyasini «Liverpul» uyushtirdi — yomon ma’noda. «Enfild»dagi bahsda PSV 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va ingliz klubini ko‘pchilik kutmagan holda mag‘lub etdi.
Liverpul — PSV 1:4
Gollar: Soboslai (16) — Perishich (6, penalti), Til (56), Driux (73, 90+1).
Liverpul — Mamardashvili, Soboslai, Konate (Keza, 76), van Deyk, Kerkez, Jons, Gravenberh, Mak Allister, Saloh, Ekitike (Isak, 61), Gakpo.
PSV — Kovar, Dest, Shuten, Gasiorovski, Saloh-Eddin, Saybari, Mauro Junior, Verman, Man (Bayraktarevich, 89), Perishich (Driux, 69), Til (Pepi, 69).
Ogohlantirish: van Deyk (17).
«Atletiko» va «Inter» to‘qnashuvida esa madridliklar so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi.
Atletiko M— Inter 2:1
Gollar: Alvares (9), Ximenes (90+3)— Zelinski (54).
Atletiko — Musso, Molina (Gonsales, 59), Ximenes, Hansko, Rujeri (Syorlot, 68), Simeone, Barrios, Kardoso (Pubil, 59), Gallaher (Koke, 59), Baena (Grizmann, 68), Alvares.
Inter — Zommer, Akanji, Bissek, Bastoni, Karlos Augusto, Dimarko (Enrike, 79), Barella, Zelinski (Suchich, 65), Chalxono‘g‘li (Frattezi, 72), Martines (Espozito, 72), Bonni (Tyuram, 65).
Ogohlantirishlar: Dimarko (44).
«Atalanta» va «Sporting» o‘z o‘yinlarini ishonchli tarzda yakunlab, raqiblarini 3:0 hisobida maglub etdi.
Ayntraxt — Atalanta 0:3
Gollar: Lukman (60), Ederson (62), de Ketelare (65).
Ayntraxt — Setteter, Kollinz, Kox, Teate, Braun, Dahud (Sxiri, 69), Shaibi, Doan (Buta, 78), Gyotse (Batshuayi, 69), Knauff (Vai, 78), Burkardt (Bahoya, 59).
Atalanta — Karnezekki, Kossunu, Hin, Jimsiti (Kolashinas, 74), Bellanova, de Ron, Ederson (Musa, 69), Zappakosta (Zalevski, 69), de Ketelare, Lukman (Sulemana, 82), Skamakka (Krstovich, 69).
Sporting — Bryugge 3:0
Gollar: Kvenda (24), Suares (31), Trinkau (70).
Sporting — Silva, Fresneda, Diomande, Inasiu, Araujo (Reys, 86), Simoyes (Morita, 63), Hyulmann, Katamo (Blopa, 76), Trinkau, Kvenda (Alisson, 76), Suares (Ribeyru, 86)
Bryugge — Yakers, Sike (Spilers, 81), Ordonez, Mexele, Zeys (Romero, 81), Stankovich (Diaxon, 74), Vanaken, Onidika, Forbs (Vetlesen, 74), Verman (Tresoldi, 65), Solis.
Ogohlantirishlar: Hyulmann (9), Onidika (20), Solis (68), Zeys (75).

Shu bilan 5-tur ham o‘z dramasi, ham ajoyib gollari va ham kuchli jamoalarning jiddiy raqobati bilan yodda qoldi. Endi esa barcha diqqat — hal qiluvchi 6-turda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.