date

Dalma: "Rabio - Fransiya terma jamoasining tayanchi"


Parijning PSJ, Marselning "Olimpik" va Italiya A Seriyasi vakili "Inter" klublarida o‘ynagan sobiq futbolchi Stefan Dalma Adrian Rabioni yuqori baholadi. U "Milan"ning pleymeykerini nafaqat klub, balki Fransiya terma jamoasi uchun ham muhim futbolchi sifatida taʼkidladi.

"Men uning "Milan"dagi o‘yinlaridan hayratga tushmayman. Uning mahorati anchadan beri maʼlum.

"Marsel"da ham u yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. Endi esa Fransiya terma jamoasining asosiy tayanch ustunlaridan biriga aylandi.

"Milan"da ham shunday. Allegri uni qanday samarali ishlatishni juda yaxshi biladi", - dedi Dalma pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Stefan Dalma ham 1998-2001 yillar oralig‘ida Fransiya terma jamoasi safida o‘ynagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dalma: "Rabio - Fransiya terma jamoasining tayanchi"