Di Lorentso: "Murabbiy talab qilgancha o'ynadik"

Di Lorentso: "Murabbiy talab qilgancha o'ynadik"
"Napoli" A Seriyaning o'n to'rtinchi tur markaziy uchrashuvida "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratib, turnir jadvalida yana peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Neapolliklar sardori Jovanni Di Lorentso mazkur uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib, jamoaning o'yinidan mamnun ekanligini ta'kidladi.

"Yana bir bor "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratganimizdan xursandman. Juda kuchli, yuqori tempdagi o'yin o'tkazdik.

Murabbiy talab qilgan ritmni ushladik. Murakkab vaziyatlarda jamoamiz birdamlikni saqlab, muvaffaqiyatli himoyalandik.

Juda mamnunman," - dedi Di Lorentso calcionapoli1926.it nashriga. A Seriyaning navbatdagi turida "Napoli" "Udineze"ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar