Toshkentda sigir-balerina libosidagi qiz samokatda harakatlanayotganida to‘xtatildi

Toshkentda sigir-balerina libosidagi qiz samokatda harakatlanayotganida to‘xtatildi

Toshkentda Xellouin bayrami munosabati bilan sigir-balerina libosini kiygan qiz huquq-tartibot idoralari xodimlari e’tiborini tortdi.

Guvohlarning aytishicha, voqea 31 oktyabr kuni kechqurun «Minor» metro bekati va Brasserie Minor bari yaqinida sodir bo‘lgan. Samokatda harakatlanayotgan qiz Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, qiz tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Uning Xellouin bayrami munosabati bilan g‘ayrioddiy libos kiygani aytilmoqda.

Hozircha voqea yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar