
O'tgan dam olish kunlari La Ligada «Rayo Valyekano» o'z maydonida «Sevilya»ni qabul qildi. Madrid chekkasidagi ushbu uchrashuv «Betis»ning tashrifi fonida ham e'tiborga tushdi, biroq asosiy yangilik boshqa edi: mezbonlar stadionda ilk bor mehmon muxlislar uchun alohida sektorni ochdi.
«Rayo Valyekano» arenasi Ispaniya chempionatidagi eng kamtar va noodatiy inshootlardan biri sanaladi va shu paytgacha unda bunday sektor umuman bo'lmagan. Marca nashrining aniqlik kiritishicha, buni to'laqonli sektor deb atash biroz bo'rttirish bo'ladi: gap muxlislar o'rtasida kelishmovchilik chiqmasligi uchun o'rnatilgan sodda va arzon to'siq haqida ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Rayo Valyekano» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.