date

Del Pyero hozirgi “Yuventus” mentaliteti haqida fikr bildirdi


“Yuventus”ning afsonaviy hujumchisi Alesandro Del Pyero Turin klubining bugungi holati yuzasidan fikr bildirdi. U amaldagi jamoa avvalgi yillardagi g‘olibona ruh va g‘alabaga chanqoqlikni qayta tiklay oladi, degan umidini bildirdi.

Del Pyeroning ta’kidlashicha, u o‘ynagan davrdagi “Yuventus”ning eng muhim jihati doimo g‘alabaga intilish bo‘lgan. Uning aytishicha, hozirgi “Yuventus” uchun ham murakkab davrga qaramay, imkonsiz narsa yo‘q.

“Jamoamizda aql bovar qilmas mentalitet bor edi va men Spalletti jamoasi bizdan o‘rnak olishini istayman. Biroq hozir og‘ir vaqtlar ekanini ham tushunaman”, deya Del Pyeroning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Ayni paytda “Yuventus” A Seriyada 26 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Del Pyero hozirgi “Yuventus” mentaliteti haqida fikr bildirdi