
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovskiy MLS klubi “Chicago Fire” bilan muzokara o‘tkazdi. Jurnalist Roher Torelyoning xabar berishicha, amerikaliklar klubi sport direktori polshalik futbolchi bilan uchrashib, unga “juda yaxshi” maosh ko‘zda tutilgan manfaatli shartnoma taklif etgan.
Shuningdek, Levandovskiyga sport nuqtayi nazaridan qiziqarli loyiha ham va’da qilingan. 37 yoshli hujumchi hozircha kelajagi borasida shoshilmayapti.
U diqqatini joriy mavsumga qaratgan va “Barselona” bilan muvaffaqiyatga erishishni istamoqda. Levandovskiyning kataloniyalik grand bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq u “Chicago Fire”ga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga ochiqligi haqida xabarlar tarqalgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.