Barselona transfer oynasi yakunida hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi

1 daqiqa o'qish113
Barselona transfer oynasi yakunida hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Barselona transfer oynasining so'nggi kunlarida hujum chizig'ini, ayniqsa markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirish uchun faol harakat qilmoqda.
  • Hansi Fllik jamoaga to'qqizinchi raqamli futbolchi zarurligini ta'kidlab, Deku bilan birgalikda eng maqbul variantni izlayotganini aytdi.
  • Deku Robert Levandovskiy darajasidagi o'yinchining o'rnini bosish qiyinligini tan oldi.

Kamp Nou maydonida anʼanaviy yozgi Gamper kubogi doirasida Al-Ahli ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalaba bayramona ruhda nishonlandi. Biroq Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarlarga koʻra, uchrashuvdan soʻng Kataloniya klubining sport direktori Deku hamda bosh murabbiy Hansi Fllik jamoaning transfer oynasidagi kelgusi rejalari haqida ochiq gapirib oʻtdi. Klub rahbariyati ayniqsa hujum chizigʻini kuchaytirish borasida faol harakat qilishini tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hansi Fllik oʻyin yakunida jamoaga yaqqol markaziy hujumchi, yaʼni toʻqqizinchi raqamli futbolchi suv va havodek zarurligini yana bir bor taʼkidladi. Nemis mutaxassisi Dekuning transfer bozoridagi mehnatini yuqori baholab, yakuniy muddatlargacha jamoaga kerakli ijrochi kelib qoʻshilishiga ishonch bildirdi. Murabbiy rahbariyat bilan birgalikda eng maqbul variantni qidirayotganini qayd etdi.

Robert Levandovskiy oʻrnini bosish mushkul

Dekuning soʻzlariga koʻra, jamoani tark etgan futbolchilarning oʻrnini toʻldirish oson kechmayapti. Xususan, Ferran Torresning ketishi yangi kelgan futbolchilar evaziga yopilgan boʻlsa-da, Robert Levandovskiy darajasidagi oʻyinchini topish juda qiyin masala ekanligi taʼkidlandi. Sport direktori polshalik hujumchi klub tarixida butun bir davrni boshlab berganini va uning oʻrnini egallash murakkabligini tan oldi.

Shunga qaramay, Barselona rahbariyati transfer oynasining soʻnggi kunlarida bozor imkoniyatlarini diqqat bilan oʻrganmoqda. Dekuning aytishicha, klubda ichki zaxiralar ham mavjud, biroq mavsum davomida jamoaga foyda keltiradigan eng yaxshi yechimni topish ustida qizgʻin ish olib borilmoqda. Klub har bir xarid puxta oʻylangani va faqatgina jamoa oʻyinini yaxshilash maqsadini koʻzlashini bildirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?