date

Milan sport direktori Fyullkrugning ilk o'yinini baholadi

Milan sport direktori Fyullkrugning ilk o'yinini baholadi

"Milan"ning sport direktori Igli Tare "Kalyari"ga qarshi uchrashuvda hujumchi Niklas Fyullkrugning debyutini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Vest Hem"dan ijaraga olingan germaniyalik forvard ikkinchi bo'lim davomida maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan hisobga kira olmadi.

"U bizga tezlik, tajriba va ishtiyoq olib kelyapti. Uning jismoniy holati yoqimli taassurot qoldirdi. Maqsadlarimizga erishishda u albatta yordam beradi", — deya Tarening so'zlarini keltiradi Sky Sport.

A Seriyaning 17-turidan so'ng Massimiliano Allegri jamoasi 38 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 8-yanvar kuni "Milan" o'z maydonida "Jenoa"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan sport direktori Fyullkrugning ilk o'yinini baholadi