Bunu penaltilarda qahramon: Marokash Senegalga qarshi finalda o‘ynaydi...

Bunu penaltilarda qahramon: Marokash Senegalga qarshi finalda o‘ynaydi...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Marokash Nigeriyani penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag'lub etib, Afrika Millatlar kubogi finaliga chiqdi.
  • Asosiy vaqt va qo'shimcha bo'limlarda hisob 0:0 bo'ldi, darvozabon Yassin Bunu esa ikki penaltini qaytarib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
  • 18 yanvar kuni finalda Marokash Senegalga qarshi o'ynaydi.
  • Nigeriya esa 17 yanvar kuni 3-o'rin uchun bahsda Misr bilan uchrashadi.

Afrika Millatlar kubogi ikkinchi yarimfinali haqiqiy asablar sinoviga aylandi. Mezbon Marokash Nigeriyaga qarshi maydonga tushdi va o‘yin davomida har ikki jamoa ehtiyotkorlikni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Natijada asosiy 90 daqiqa ham, qo‘shimcha bo‘limlar ham golsiz yakunlandi — tabloda “0:0”, maydonda esa tinimsiz kurash.

Bellashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Ana shu yerda Marokashning darvozaboni Yassin Bunu sahnaga chiqdi: u ikki zarbani qaytarib, jamoasini finalga yetakladi. Penaltilarda 4:2 hisobida ustun kelgan “mag‘ribliklar” Rabotdagi muxlislarini ham, butun mamlakatni ham xursand qildi.

Shu tariqa 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan finalda Marokash va Senegal o‘zaro kuch sinashadi. Nigeriya esa musobaqani medal bilan yakunlash uchun 17 yanvar kuni Misrga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

Afrika Millatlar kubogi. Yarimfinal

Nigeriya — Marokash 0:0

Penaltilar seriyasi — 2:4

14-yanvar, Rabot

Nigeriya tarkibi: Nvabali, Osayi-Samuel, Ajayi, Bessi, Oniyemaechi, Oniyeka (Chukvueze, 120+1), Onidika (Simon, 83), Ivobi, Lukman, Osimhen (Onuachu, 118), Adams (Dele-Bashir-u, 98).

Marokash tarkibi: Bunu, Hakimi, Aguyerd, Masina, Mazraui, Al Aynaui, Saybari (Ben-Segir, 108), Al Hannus (Igamane, 84), Dias (Ahomash, 108), Ezzalzuli (An Nosiri, 103), Al Kaabi (Targallin, 84).

Ogohlantirishlar: Bessi (33), Onidika (77).

Endi eng qizig‘i oldinda: Senegalning kuchli hujumiga qarshi Marokashning temirday irodasi va Bununing “penalti-blok” kayfiyati — finalda qaysi tarafning asabi baquvvat chiqarkin?

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar