Egor Titov Atletiko Budyo-Glimtni yirik hisobda yutadi deydi

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining sakkizinchi turi doirasida Madridning «Atletiko» klubi o‘z maydonida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan sobiq «Spartak» futbolchisi Egor Titov o‘z prognozini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Titovning fikricha, Diego Simeone jamoasi uyda o‘zidan kuchsizroq raqiblarga imkon bermaydi. U «Budyo-Glimt»ning himoyadagi muammolarini ham ta’kidlab, «Atletiko»ning ishonchli g‘alabasini va o‘yinda 2,5 tadan ko‘p gol bo‘lishini kutayotganini aytdi.
«Atletiko» — «Budyo-Glimt» bahsi bugun, 28 yanvar kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasi Liveresult.ru saytida taqdim etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!