Bulykin Karabahni Chempionlar ligasining bosh kashfiyoti dedi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dmitriy Bulykin Ozarbayjonning “Karabah” klubini joriy UEFA Chempionlar ligasi mavsumining eng katta kashfiyoti sifatida e’tirof etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bulykin fikricha, jamoaning asosiy quroli — o‘ta yuqori fidoyilik. “Karabah”ning muvaffaqiyat siri ko‘pchilik uchun noma’lum, raqiblar esa ularga yetarlicha jiddiy tayyorgarlik ko‘rmasligi fonida ozarbayjonliklar ochkolar jamg‘arib bormoqda”, — deya uning so‘zlarini “Gazeta.Ru” keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqichning 8-turi oldidan “Karabah” 10 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. Shu bilan birga, 25-o‘rindan farq atigi ikki ochkoni tashkil etadi. Hal qiluvchi uchrashuvda “Karabah” safarda “Liverpul”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!