Monako Pokonoli litsenziyasi yoqligi uchun 425 ming jarima to'laydi

"Monako" klubi bosh murabbiy Sebastyen Pokonoli bilan bog'liq muammo sabab katta miqdordagi moliyaviy jazoga duch keldi, deb yozadi L'Equipe. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, mutaxassisda Liga 1da ishlash uchun zarur bo'lgan litsenziya va malakasini tasdiqlovchi hujjat yo'q. Shu sabab klub Pokonoli boshqaruvida o'tkazilgan har bir o'yin uchun 25 ming yevrodan jarima to'laydi. Hozircha jarimalar jami 425 ming yevroga yetgan.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik murabbiy "Monako"ni o'tgan yili qabul qilib olgandi. Bugungi kunda jamoa 28 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing