Rossiya terma jamoasi Gvatemala bilan o‘ynamasligi mumkin

Rossiya terma jamoasi Gvatemala bilan o‘ynamasligi mumkin

OAVda mart oyida Rossiya terma jamoasi uyda Mali va Gvatemalaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. «Mutko protiv» telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, 27 mart kuni rossiyaliklar haqiqatdan ham Mali terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikkinchi bahs bo‘yicha esa manba hozircha Gvatemalaga qarshi o‘yin rejalashtirilmagani haqida ma’lumotga ega ekanini bildirgan.

Endi Rossiya futbol ittifoqi (RFU) tomonidan rasmiy xabar berilishini kutish qolmoqda. Martdagi yig‘in yaqin — unga besh hafta qoldi.

Eslatib o‘tamiz, RFU UEFA va FIFA sanksiyalari ostida bo‘lgani sabab Rossiya terma jamoasi hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar