Kolosskov Rossiya terma jamoasining mart oyidagi raqiblarini maqtadi

RFS faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov Rossiya milliy terma jamoasining mart oyida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun ko‘rilayotgan raqiblarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, tanlangan jamoalar “o‘rtamiyona” toifaga kiradi va jahon iyerarxiyasining eng quyi pog‘onasidan emas. Koloskov bunday raqiblar Rossiya terma jamoasi uchun ayni muddao ekanini, taxminan “bizning darajamiz” ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u bu o‘yinlar terma jamoaga nomzod futbolchilarning hozirgi holatini yana bir bor baholashga yordam berishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi o‘tgan yil davomida 10 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan va faqat bir marta mag‘lub bo‘lgan — noyabr o‘rtalarida Sochida Chili terma jamoasiga 0:2 hisobida yutqazgan.
Rossiya milliy jamoasi 2022 yil fevralidan beri rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmayapti.
Shu bilan birga, ehtimoliy raqiblar sifatida tilga olinayotgan Gvatemala va Mali terma jamoalari 2026 yil Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralashdan o‘ta olmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!