Genich Monako va PSJ o'yinida mehmonlar g'alaba qozonadi dedi

Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi ilk bahsda PSJ safarda «Monako»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan futbol sharhlovchisi Konstantin Genich o'z taxmini bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genich fikricha, PSJ Chempionlar ligasida bor kuchini ishga soladi va kerakli darajada o'ynaydi. So'nggi omadsizlikka qaramay, u Parij klubi «Monako»dan kuchliroq ekanini ta'kidladi va g'alaba PSJ tomonida bo'lishini aytdi.
«Monako» — PSJ uchrashuvi 17-fevral, seshanba kuni bo'lib o'tadi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing