date

Bistrov Rossiya terma jamoasi raqiblarini masxara qildi

Bistrov Rossiya terma jamoasi raqiblarini masxara qildi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Vladimir Bistrov mart oyida o‘rtoqlik uchrashuvlarida tanlangan raqiblar borasida keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U Mali va Gvatemala termalari haqida deyarli hech narsa bilmasligini aytib, bu tanlovni RFU mas’ullariga savol sifatida yo‘naltirdi. Bistrovning ta’kidlashicha, Mali va Gvatemalaga qarshi o‘ynash “kulgi”ga o‘xshaydi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyaliklar bahorning ilk oyida Malini Krasnodarda, Gvatemalani esa Sankt-Peterburgda qabul qiladi. Bellashuvlar 27 va 31 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi 2025 yilda o‘tkazgan 10 ta o‘rtoqlik uchrashuvida 6 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bistrov Rossiya terma jamoasi raqiblarini masxara qildi