Ovchinnikov Gvatemalaning Rossiyaga qarshi o'yindan voz kechishini baholadi

Niijnij Novgorodning «Lokomotiv» klubi sobiq murabbiyi Valeriy Ovchinnikov Gvatemala terma jamoasining mart oyida Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdan bosh tortgani borasida fikr bildirdi. Gvatemala futboli rahbariyati bu qarorni boshqa jamoalar bilan avvaldan kelishib qo‘yilgan o‘yinlar borligi bilan izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Gvatemala rad etgan bo‘lsa, Rossiya tomon baribir boshqa raqib topadi. Ovchinnikov bu vaziyatga siyosiy omillar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkinligini, yoki gvatemalaliklar Rossiyaga qarshi o‘ynashga hozircha tayyor emasligini ham istisno qilmadi.
U shuningdek, hozir rossiyalik futbolchilar uchun eng muhim masala — kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘yin amaliyotini saqlab qolish va musobaqa ritmini his qilish ekanini ta’kidladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida Rossiya terma jamoasi Afrika vakili Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!