"Strandja" turniri: Ikki nafar bokschimiz o‘z chiqishlarida g‘alaba qog‘ondi

1 daqiqa o'qish202
"Strandja" turniri: Ikki nafar bokschimiz o‘z chiqishlarida g‘alaba qog‘ondi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Samandar Olimov va Samir Sobirov “Strandja” turniridagi ilk janglarida 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. -55 kg vazndagi Samandar Olimov ukrainalik Elmir Nabiyevni, -90 kg vazndagi Samir Sobirov esa turkiyalik Emre Taskinni mag‘lub etdi. -70 kg vazn toifasidagi Abdulaziz Jo‘raqulov qozog‘istonlik Muhammadsobir Bazarbay Uuluga 0:5 hisobida yutqazdi.
  • Turnirda Fazliddin Erkinboyev mo‘g‘ulistonlik Dalai Ganzorig bilan jang qiladi.

Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy 77-chi “Strandja” xalqaro turniri start oldi. Ilk kun dasturida 7 nafar bokschimiz ringga chiqishi belgilangan bo‘lib, ularning navbatdagi janglari ham muxlislar uchun hissiyotga boy kechdi: kimdir ishonchli g‘alaba bilan yurishni davom ettirdi, kimdir esa biroz omadsizlikka uchradi.

-70 kg vazn toifasidagi vakilimiz Abdulaziz Jo‘raqulov turnirdagi dastlabki bahsida qozog‘istonlik Muhammadsobir Bazarbay Uulu bilan to‘qnash keldi. Yosh bokschimiz jiddiy raqibga qarshi qo‘rqmasdan kurashdi, har bir epizodda “bermayman” degan xarakter ko‘rsatdi. Ammo yakunda bir-ikki mayda nyuans hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi — Abdulaziz 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-55 kgdagi bokschimiz Samandar Olimov esa Sofiyadagi birinchi chiqishini juda ishonchli o‘tkazdi. Unga Ukraina vakili Elmir Nabiyev raqiblik qildi. Olimov uch raund davomida mazmunli harakat qildi: tempni ushladi, zarbalarda aniqlikni yo‘qotmadi, vaziyatni oqilona boshqardi. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi — Samandar haqli ravishda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

-90 kg vazn toifasidagi umidli bokschilarimizdan biri Samir Sobirov ham turnirdagi ilk jangida muxlislarni quvontirdi. Vakilimiz turkiyalik Emre Taskinga qarshi ringga ko‘tarilib, shiddatli kechgan bahsda to‘liq ustunlik bilan harakat qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bunday natija — nafaqat keyingi bosqichga yo‘l, balki jamoa ruhiyati uchun ham muhim signal.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir qiziq to‘qnashuv kutmoqda: Fazliddin Erkinboyev mo‘g‘ulistonlik Dalai Ganzorig bilan ringda kuch sinashadi. Demak, “Strandja”dagi yurishimiz endi yanada qiziydi — muxlislar esa navbatdagi g‘alabalarni kutishda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?