Anri Interning Bude-Glimtga qarshi o'yinini keskin tanqid qildi

Turinning «Yuventus» va Londonning «Arsenal» klublarida to'p surgan sobiq hujumchi Tyerri Anri Milanning «Inter» jamoasini Norvegiyaning kamtar «Bude-Glimt»iga qarshi bahsdan so'ng qattiq tanqid qildi. Uning fikricha, «Inter» javob uchrashuvida juda sust ko'rindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anri «Inter» o'z darajasini ko'rsata olmadi, jamoa sekin va oldindan taxmin qilish oson bo'lgan tarzda harakat qildi, dedi. Unga ko'ra, maydonda hech kim tashabbusni qo'lga olib, o'yinni o'zgartirishga urinmadi va milanliklar o'zini top-klub sifatida namoyon eta olmadi.
Shu tariqa, Chempionlar ligasida Italiyadan faqat bitta jamoa — «Atalanta» qolib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing