Messiga ko‘rsatilgan sariq kartochka bekor qilindi

Ispaniya chempionatining 13-turida “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga ko‘rsatilgan sariq kartochka bekor qilindi. Bu haqida jamoa rasmiy saytiga asoslanib «Kun.uz» xabar beradi.
Argentinalik hujumchiga “Mestalya” o‘yingohida kechgan o‘yinning so‘nggi daqiqasida, o‘yin hakami David Fernandes Borbalan tomonidan nohaq ravishda sariq kartochka ko‘rsatilgan deb topildi. O‘sha vaziyatda Lionel Messiga qarata mahalliy muxlislar suv idishi uloqtirishgan edi hamda futbolchi hakamga vaziyat yuzasidan e’tiroz bilan murojaat qilgan edi. Hakam esa, buni tushunmasdan, o‘yinchini vaqt cho‘zishga harakat qilayotganlikda ayblab, ogohlantirib yuborgan edi.
“Barselona” jamoasi bu holat bo‘yicha Ispaniya Futbol Federasiyasining apellyasiya komitetiga da’vo bilan murojaat qilgan, bugun esa ushbu da’vo ijobiy qondirilgan.
Endi Lionel Messining hisobidagi bu mavsumda olingan sariq kartochkalar miqdori yana bittaligicha qolmoqda.
Foto: bdnews24.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing