Meyson Grinvud faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

1 daqiqa o'qish438
Meyson Grinvud faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Fransiyaning "Marsel" klubi sharafini himoya qilayotgan 24 yoshli hujumkor futbolchi Meyson Grinvud joriy mavsum yakunlangach, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. L'Yequipe nashrining xabar berishicha, mahalliy klublar ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Saudiya Arabistoni Pro ligasi vakillari jahon futboli yulduzlarini jalb qilish siyosatini davom ettirib, Grinvud uchun katta mablag' ajratishga tayyor turibdi.

Hozircha futbolchiga qaysi klub aniq qiziqish bildirayotgani ma'lum emas. Biroq, Grinvudning "Marsel"dagi muvaffaqiyatli o'yinlari sababli uning atrofidagi vaziyatni Angliya va Ispaniyaning yetakchi jamoalari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Manchestr Yunayted" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchi 2024 yilda 26 million yevro evaziga fransuz klubiga o'tgan edi.

Joriy mavsumda Meyson Grinvud o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. U "Marsel" safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning hozirgi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Kelajakda futbolchi qaysi yo'nalishni tanlashi yaqin oylarda oydinlashadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?