Angliya kubogida kutilmagan natijalar va sensatsiyalar

Angliya kubogining 1/8 final bosqichi o'zining kutilmagan natijalari bilan muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Turnir doirasida bo'lib o'tgan navbatdagi bahslarda sensatsion holat qayd etildi. APL vakili hisoblangan "Sanderlend" klubi uchinchi divizionda so'nggi o'rinda borayotgan "Port Veyl" jamoasiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi. Uchrashuvdagi yagona gol 28 daqiqada Ueyn tomonidan kiritildi va bu kichik klubning tarixiy g'alabasini ta'minladi.
Boshqa bir uchrashuvda esa "Lids" o'z muxlislari ko'z o'ngida "Norvich" jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi. 3:0 hisobida yakunlangan bahsda gollarga Longstaff, Gudmundsson va Piru mualliflik qilishdi. Ushbu g'alaba "Lids"ga turnirning chorak final bosqichiga yo'llanma taqdim etdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq "Fulhem" ham chempionship vakiliga yutqazib, turnirdan chiqib ketgan edi. Angliya kubogi o'zining kutilmagan burilishlari bilan futbol ixlosmandlariga haqiqiy shou taqdim etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!