"Navbahor" qorli kechada "Paxtakor"ni qanday "muzlatib" ketdi? (video)

O‘zbekiston Superligasining 3-turida Toshkentda haqiqiy dramatik manzara kuzatildi: qor yog‘ib turgan sovuq ob-havo, og‘ir maydon, qattiq kurash va kutilmagan natija.
«Paxtakor» o‘z uyida «Navbahor»ni qabul qildi, ammo uchrashuv poytaxtda 31-yildan keyin ilk bor «lochinlar»ning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Katulondi Kati va Ruslanbek Jiyanov gollarga mualliflik qildi.
Superliga. 3-tur
Paxtakor – Navbahor 0:2
Gollar: Katulondi Kati, 47 (0:1), Ruslanbek Jiyanov, 65 pen (0:2)
Shunday qilib, Temur Kapadze jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. «Paxtakor» hisobida ham 6 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing