Tojiyev: “Neftchi”ga qarshi o‘yinda qatʼiy himoya g‘alabani taʼminladi

1 daqiqa o'qish682
Tojiyev: “Neftchi”ga qarshi o‘yinda qatʼiy himoya g‘alabani taʼminladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • “Paxtakor”
  • Superliganing 6-turida “Neftchi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va Kamoliddin Tojiyev g‘alabada jamoaviy, uyushqoq himoya muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi.
  • Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bo‘limdagi goldan keyin jamoa ikkinchi taymda hisobni saqlash uchun himoyaviyroq o‘yin ko‘rsatgan.
  • Murabbiy barcha futbolchilarning harakatidan mamnunligini bildirib, bu bahsda oldingi o‘yinlardagidek charchoq sezilmaganini aytdi.

Superliganing 6-turida bo‘lib o‘tgan “Neftchi” – “Paxtakor” (0:1) uchrashuvidan so‘ng Toshkent klubi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etib, bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Murabbiyga ko‘ra, jamoa o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan va uchrashuvni yaxshi ruhda boshlagan. Uning taʼkidlashicha, “Neftchi” kuchli raqib sifatida oxirigacha kurash olib borgan. Biroq bunday o‘yinlarda bitta gol hammasini hal qilishi mumkin va aynan shu holat uchrashuv taqdirini belgilagan.

Tojiyev birinchi bo‘limda kiritilgan goldan so‘ng, ikkinchi taymda hisobni saqlab qolish uchun jamoa ko‘proq himoyaviy o‘yin uslubiga o‘tganini aytdi. U barcha futbolchilarni maqtab, ularning o‘yin darajasidan mamnun ekanini bildirdi.

“Neftchi”ning hujumdagi samarasizligi haqida savolga esa murabbiy aniq javob berib, raqib tomonidan nima yetishmaganini ularning o‘zi tahlil qilishi kerakligini taʼkidladi. Shu bilan birga, “Paxtakor”ning himoyada jamoaviy va uyushqoq harakat qilgani g‘alabada muhim omil bo‘lganini qayd etdi.

O‘yin davomida futbolchilarning tez-tez yerda yotib qolishi haqidagi savolga javoban Tojiyev bu maxsus taktika emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, baʼzi to‘qnashuvlar oqibatida shunday holatlar kuzatilgan, ammo bu ko‘p takrorlanmagan. Shuningdek, oldingi o‘yinlarda charchoq sezilgan bo‘lsa-da, bu bahsda u deyarli sezilmaganini bildirdi.

Uchrashuv rejasi haqidagi savolga javob berib, murabbiy oldindan aynan himoyaga asoslangan taktika tanlanmaganini aytdi. Uningcha, kim birinchi gol ursa, o‘sha jamoa ustunlikka ega bo‘ladigan o‘yin bo‘lgan va “Paxtakor” ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan.

Tojiyevning fikricha, jamoa vaziyatdan kelib chiqib harakat qilgan va aqlli o‘yin tufayli muhim g‘alabaga erishgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?