Dubl qayd etgan Eldor Shomurodovning harakatlari qanday baholandi?

Turkiya Superligasining 29-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Genchlerbirligi” jamoasini ishonchli tarzda 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biri O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bo‘ldi. U bahs davomida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl muallifiga aylandi va jamoasining muhim g‘alabasida hal qiluvchi rol o‘ynadi.
O‘yindan keyin bir qator xalqaro statistik platformalar futbolchining harakatlarini yuqori baholadi. “Fotmob” uning o‘yiniga 8.9 ball bergan bo‘lsa, “Sofascore” platformasi 8.7 ball bilan baholadi. Shuningdek, “Flashscore” platformasi uni 8.6 ballga munosib ko‘rdi.
Ayni damda Eldor Shomurodov 18 ta gol bilan Superliga to‘purarlar reytingida ikkinchi o‘rinda bormoqda va mavsum oxirigacha kurashni davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!