date

Timur Kapadze “Surxon” mag‘lub etilgan o‘yin haqida nimalar dedi?

Timur Kapadze “Surxon” mag‘lub etilgan o‘yin haqida nimalar dedi?

O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob berdi. “Lochinlar” ustozi odatdagidek o‘yin haqidagi fikrlari bilan suhbatni boshladi.

- Barcha jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Kelib qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorlik bildiraman. Zarur ochkolarni qo‘lga kiritdik. Uchrashuv oson o‘tmadi, birinchi bo‘limda ko‘p jihatlar kutilgandek chiqmadi. Ikkinchi bo‘limda berilgan ko‘rsatmalardan keyin futbolchilar ancha yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Barcha jihatdan ustunlik qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz, vaqt juda qisqa. Har bir bahsga puxta tayyorgarlik shart. Maksimal darajada harakat qilib, ochkolar yig‘ishimiz kerak.

- Birinchi golgacha “Navbahor”ni taniy olmadik. Oldingi o‘yinlarda, masalan “Andijon”ga qarshi bahsda raqibning xG ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan edi. Bu sizda xavotir uyg‘otmayaptimi?

- Ular bizga umuman zarba berishmadi. Qanday qilib xG bo‘lishi mumkin? Menimcha, oldinga uzatilgan ayrim paslar ham hisobga olinayotgandir. “Surxon” yoshlardan tuzilgan yaxshi jamoa, kuchli pressing qiladi. Yigitlar harakat qilishdi, bu jihatlarni yana-da yaxshilaymiz. Birinchi bo‘limda pressingda xatolar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa kamchiliklarni tuzatdik. Raqibning imkoniyatlari ham ko‘p narsaga taʼsir qiladi. Andijondagi o‘yinda futboldan ko‘ra ko‘proq kurash bo‘lgan. Bu uchrashuvni ham tahlil qilamiz. O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Futbolchilarni rivojlantiramiz. Har kuni nazariy mashg‘ulotlar bor. Asosiysi — ochkolar yig‘ish.

- Jamoaning legionerlari haqida fikringiz? Kati, Aleks va Ilich yaxshi o‘ynashdi. Kati sariq kartochka uchun almashtirildimi?

- Kati bo‘yicha ko‘p savollar bo‘lgan, ayniqsa pressing jihatidan. “Andijon”dan keyin qiyin holatga tushgan. O‘sha o‘yin taʼsiri sezildi, to‘liq tayyor emasdi. Lekin baribir bor kuchini berdi. Qolgan legionerlar ham yaxshi harakat qilishdi. Tarkibdagi 23 futbolchi bir-biriga yaqin. Rotatsiya qilish imkoni bor va bu zich kalendarda juda muhim. Jarohatdagilar qaytsa jamoa yana kuchayadi. Individual mahoratdan tashqari jamoaviy o‘yin ham muhim.

- Merganov bilan to‘qnashuvda Katiga sariq berildi. Vaziyat qizilga ham tortishi mumkin edi. Hakam bilan tortishdingiz...

- Darvozabon o‘zi to‘pga chiqdi. Agar darvozabon birinchi harakat qilsa va hujumchi kurashsa, nima qilish kerak? Menimcha, u to‘pga urindi, lekin ulgurmadi. Atayin qoidabuzarlik boshqa masala. Katida yaxshi imkoniyat bor edi, tezroq harakat qilsa gol bo‘lishi mumkin edi.

- Sizning rotatsiyalaringiz muxlislarga yoqyapti. Bu majburiyatmi yoki tanlovmi?

- Bu majburiy emas. Har bir futbolchi ko‘rsatmalarni bajarsa imkoniyat oladi. Oldingi tur og‘ir bo‘lgani uchun rotatsiya kerak edi. Birinchi bo‘limda kurash ko‘p bo‘ladi, shuning uchun charchoq ham ko‘p. Shuning uchun barchasini hisobga olamiz. Kimdir asosiy tarkib, kimdir zaxiradan tushadi. Asosiysi — jamoaga foyda. Futbolchi o‘zini asosiy tarkibda deb his qilishi kerak. G‘alabada barchaning hissasi bor. Bir yoqadan bosh chiqarsak kuchli bo‘lamiz.

- Rotatsiyalar norozilik keltirmayaptimi?

- Yo‘q, norozilik yo‘q. Hamma futbolchini tonusda ushlayapmiz. Zich o‘yinlar charchatadi. Shu yo‘l bilan ularni tayyor holda saqlaymiz. Ikkinchi bo‘limda tushganlar o‘yinni kuchaytirdi. Bu normal holat. Muammo yo‘q.

- Muhammadali G‘iyosov qachon qaytadi?

- Biz ham kutayapmiz. Davolanishda. U himoyachilar uchun katta muammo yarata oladi. Norchayev ham qaytsa tanlov qiyinlashadi. Hozir asosiysi — ochkolar. Har bir futbolchidan to‘g‘ri foydalanamiz.

- Sizni omadli murabbiy deyishadi...

- Men har doim to‘g‘ri yo‘l tanlaganman. Ishga yurakdan yondashaman. Kattalar duosini olishga harakat qilaman. Inson mehnat qilsa, albatta natija bo‘ladi. Harakatda barakat. Xudo ham yo‘limizni ochadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze “Surxon” mag‘lub etilgan o‘yin haqida nimalar dedi?