Toshkentda yilning eng shov-shuvli MMA kechasi: MANGU 02 kardi maʼlum!

Toshkentda yilning eng shov-shuvli MMA kechasi: MANGU 02 kardi maʼlum!
Qisqacha

Toshkent shahrining "Humo arena" majmuasida 25-aprel kuni "MANGU 02" MMA turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning markaziy jangida o‘zbekistonlik Doston Bozorov braziliyalik Darlan Ferreyra bilan to‘qnashadi. Turnirda O‘zbekiston, Braziliya, Janubiy Afrika va boshqa ko‘plab davlatlar vakillari ishtirok etib, kuch sinashadilar. Tadbir xalqaro darajadagi qizg‘in janglar va yosh sportchilarning bahslariga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent yana katta MMA bayramiga mezbonlik qiladi! 25 aprel kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo arena" majmuasida "MANGU 02" turniri bo‘lib o‘tadi. Birinchi turniri joriy yilning 7 fevralida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan mazkur promoushen bu safar yana-da qiziqarli va xalqaro janglarga boy kardni taqdim etmoqda.

Markaziy jang: O‘zbekiston Braziliyaga qarshi

Kechaning asosiy voqeasi hamyurtimiz Doston Bozorov hamda braziliyalik xavfli raqib Darlan Ferreyra o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘ladi. Ikki xil maktab vakillarining oktagondagi bahsi turnirning haqiqiy “bezagi” bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, "Main Card"dan o‘rin olgan yana bir muhim jangda Furqatbek Yoqubov Janubiy Afrika vakili Lutando Biko bilan kuch sinashadi.

Asosiy kardning boshqa qiziqarli juftliklari:

  • Jahongir Jumayev (O‘zbekiston) vs Kamal Guseynov (Rossiya)
  • Shukurjon Abdurahimov (O‘zbekiston) vs Burale Dushan (Serbiya)
  • Akbarjon Islomboyev (O‘zbekiston) vs Rmeson Oliveyra (Braziliya)
  • Jasur Mirzamuhamedov (O‘zbekiston) vs Ava Jashel Ticha (Kamerun)

"Prelims Card" – Yoshlar va xalqaro raqobat

Turnirning dastlabki qismida ham muxlislarni keskin bahslar kutmoqda. Bu yerda nafaqat o‘zbekistonlik, balki Gruziya, Ozarbayjon, Braziliya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Turkiyadan tashrif buyurgan sportchilarni ko‘rishimiz mumkin:

  • Muhammadxon Qurbonov vs Jekson Loureyro (Braziliya)
  • Mavlud Tifiyev vs Seyxun Asadli (Ozarbayjon)
  • Maʼrufjon Mamaraziqov vs Dairmisi Javupasi (Xitoy)
  • Zafar Rashidov vs Dauren Jaqipbek (Qozog‘iston)
  • Shohjahon Temirov vs Yemal Hazim (Afg‘oniston)
  • Javohir Latipov vs Farhod Ahmadov (Turkiya)

Toshkentda yilning eng shov-shuvli MMA kechasi: MANGU 02 kardi maʼlum!

Aziz MMA ishqibozlari, sizningcha, markaziy jangda Doston Bozorov braziliyalik raqibini qaysi usulda mag‘lub eta oladi? "Humo arena"da kimni qo‘llab-quvvatlaysiz?

O‘zbek MMA olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va "MANGU 02" turniri natijalarini biz bilan birga kuzatib boring.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar