date

Bavariya rahbariyati Chempionlar ligasidagi hakamlikdan norozi

Bavariya rahbariyati Chempionlar ligasidagi hakamlikdan norozi

Bavariya bosh direktori Yan-Kristian Dreezen Pari Sen-Jermen bilan kechgan Chempionlar ligasi yarim finalidan so‘ng UEFA hakamlar tayinlovini keskin tanqid qildi. Myunxen klubi Allianz Arenadagi bahsli qarorlar tufayli final yo‘llanmasidan mahrum bo‘lganini ta’kidlamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Dreezen portugaliyalik hakam Joao Pinheyroning tajribasizligiga urg‘u berib, bunday muhim o‘yinga nima uchun aynan u tayinlanganini savol ostiga oldi. BILD nashriga bergan intervyusida u hakamning bungacha biror marta yarim final boshqarmagani va umuman Chempionlar ligasida atigi 15 ta o‘yin o‘tkazganini hayratlanarli holat deb atadi.

Bosh murabbiy Vinsent Kompani ham hakamlikdan noroziligini yashirmadi. Ayniqsa, Joao Nevesning qo‘li bilan o‘ynagan vaziyatida penalti belgilanmagani belgiyalik mutaxassisni g‘azablantirdi. Kompani qoidalar bo‘yicha bu penalti bo‘lmasligi mumkinligini tushunsa-da, hakamning qarorlarini mantiqsiz deb atadi.

Shuningdek, Nuno Mendesning ikkinchi sariq kartochka olishi kerak bo‘lgan vaziyatda hakamning ikkilanib qolgani Bavariya vakillarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Sport direktori Maks Eberlning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘sha vaziyatda qizil kartochka ko‘rsatilganda, o‘yin butunlay boshqacha tus olgan bo‘lardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya rahbariyati Chempionlar ligasidagi hakamlikdan norozi