Tomas Tuxel Jud Bellingem va Harri Keynni zaxiraga oʻtkazib qoʻyishi mumkin

Tomas Tuxel Jud Bellingem va Harri Keynni zaxiraga oʻtkazib qoʻyishi mumkin

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Niki Batt Jud Bellingemni ogohlantirib, yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel boʻlajak Jahon chempionatida futbolchilarning obroʻ-eʼtiboriga qarab oʻtirmasligini taʼkidladi. Battning fikricha, Aston Villa yulduzi Morgan Rojers oʻzining oʻzgacha oʻyin uslubi bilan Bellingham va Harri Keyn kabi superyulduzlarni ortda qoldirib ketishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sobiq futbolchi 2026-yilgi mundialda Tomas Tuxel yomon sport formasida boʻlgan yulduzlarni tarkibdan chetlatishda ikkilanib oʻtirmasligini daʼvo qilmoqda. Agar Real Madrid yarim himoyachisi turnir boshida oʻz oʻyinini topa olmasa, Morgan Rojers asosiy tarkibda uning oʻrnini egallashi kutilmoqda. Bellingham ushbu musobaqaga jarohatlar bilan bogʻliq qiyin mavsumdan soʻng yetib keladi.

Morgan Rojers esa Aston Villa safida ajoyib mavsumni oʻtkazib, jamoasining Yevropa ligasi gʻolibligiga va Angliya Premer-ligasida toʻrtinchi oʻrinni egallashiga katta hissa qoʻshdi. 23 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 13 ta gol va 11 ta assist qayd etdi. Uning terma jamoadagi nufuzi ham oshib bormoqda va u Tuxel jamoasining asosiy kashfiyotiga aylanishi mumkin.

Niki Batt Paddy Power nashriga bergan intervyusida Rojersning taktik ustunliklarini alohida qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, Harri Keyn, Deklan Rays, Bukayo Saka va Jud Bellingem asosiy yulduzlar boʻlsa-da, aynan Rojers turnirning eng yorqin oʻyinchisiga aylanishi ehtimoli yuqori. Ayniqsa, raqiblar himoyada zich oʻynaganida, uning jarima maydonchasi tashqarisidan yoʻllaydigan zarbalari qoʻl kelishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar