O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov «Paxtakor» klubini boshqarishi tasdiqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatgan.
«Kecha «Paxtakor» futbol klubi yangi rahbariyati futbolchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rahbariyat a’zolari, murabbiylar shtabi va futbolchilar o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. «Paxtakor» klubi vise-prezidenti Bobur Shodiev boshqargan yig‘ilishda klubning hozirgi ahvoli va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Klub bosh direktori Umid Ahmadjonov bundan keyin ham murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilar bilan bunday muloqotlar davom etishini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda Jasur Abduraimov «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi», deyiladi klub rasmiy saytidagi ma’lumotda.
Bugundan boshlab Jasur Abduraimov rasmiy ravishda «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi vazifasini bajarishga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi