«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike «Cadena Ser» kanaliga intervyu berib o‘tdi. Bu haqda «Fcb.uz»ga asoslanib «Stadion.uz» xabar bermoqda.
— Jamoa uchun ortda qolgan mavsum omadli keldi deysizmi yoki "Barselona"ning kuch irodasi barchasidan ustun bo‘ldimi?
— Agar "Barselona" asl kuchini ko‘rsatdi desam noo‘rin bo‘ladi, ha, biz uchun ortda qolgan mavsum juda va juda omadli keldi. Lekin biz o‘z kuchimizga ishonib barcha sovrinlarda g‘alaba qozondik. Ishonib aytamanki, kelayotgan mavsum ham biz uchun omadli keladi.
— Butun mavsum bo‘yicha jamoada eng yaxshi o‘yin namoyish qilgan o‘yinchi kim bo‘ldi siz uchun?
— Bu savolga javob berish juda qiyin. Chunki "Barselona"da har bir o‘yinchi super holatda bo‘ldi, hatto zaxirada qolib ketganlar ham... Vermalenning o‘zini oladigan bo‘lsak, biz uni asosiy o‘yinlarda tushira olmasdik, lekin u jarohatiga qaramasdan mashg‘ulotlarda faol harakat qildi. Duglas, Munir, Sandro Ramires va yana bir qator zaxira futbolchilari asosiy o‘yinchilar bilan bir xil saviyada bo‘lib turishdi. Jamoamdagi barcha futbolchilarga 5 baho!
— Lionel Messi, Suares hamda Neymar uchligi haqida bir og‘iz gapirib o‘tsangiz...
— Bu uchlik aql bovar qilmas natijalar olib kelishda fantastik darajada harakat qilishdi. Bir mavsum 122 ta gol urish — bu fantastikadan boshqa narsa emas. Futbolchi 1 dona gol urish uchun qancha kuch, qancha mehnat talab qilinishini o‘zi juda yaxshi biladi. Messi o‘zga sayyoralik futbolchi, ha! U futbolda qilayotgan ishlarni hech kim, qaytaraman, hech kim amalga oshira olmaydi. Suares ideal va haqiqiy hujumchilarga xos va mos o‘yinchi. U haqiqiy kurashchi, har qanday himoyani buzib o‘tib keta oladigan tank va asosiysi ajoyib inson. Neymar bir oz erkatoyroq, buni siz ham bilsangiz kerak (kuladi)... Lekin uni maydonda qilayotgan finti, gollari taxsinga sazovor. Meni shunday hujum uchligim bor ekan, hali hayot davom etishidan darak berib turadi.
— "Barca" treblga ikkinchi bor erishdi, buni esa hali tarixda hech qaysi klub eplay olmagan. Nima deb o‘ylasiz, keyingi yil ham trebl qayd eta olasizlarmi?
— Bir yarim yil oldin trebl degan so‘zni tushimizda ham, xayolimizda ham o‘ylab ko‘rmagan edik, hatto Kopa Del Reyda yutib, sovrinni qo‘lga kiritganimizda ham trebl amalga oshishini kutmaganmiz. Shunday ekan, ertangi kun qanday o‘tishini, keyingi mavsum qanday boshlanishi va qanday yakunlanishini yaratgan biladi. Lekin to‘xtab qolmasdan yana bir bor ketma-ket uch sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qilgan bo‘lardik. Hali barchasi endi boshlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi