Fabio Kannavaro O‘zbekiston va Portugaliya o‘yini oldidan rejalarini aytdi

1 daqiqa o'qish487
Fabio Kannavaro O‘zbekiston va Portugaliya o‘yini oldidan rejalarini aytdi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan raqibning kuchli tomonlari va o‘z jamoasining vazifalari haqida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, Portugaliya tarkibida ko‘plab yuqori saviyali futbolchilar bor va jamoada Krishtianu Ronaldu ham harakat qiladi. Kannavaro portugaliyaliklar to‘pni nazorat qilishni yaxshi ko‘rishi, qisqa paslar orqali o‘yinni boshqarishi va raqibga bosim o‘tkazish imkonini kam berishiga e’tibor qaratdi.

«Portugaliya har bir vaziyatda xavfli. Shuning uchun biz himoyada juda intizomli bo‘lishimiz kerak. To‘p bizda bo‘lganida esa ularga muammo tug‘dirishga harakat qilishimiz lozim», dedi murabbiy.

Kannavaro Krishtianu Ronalduning darajasini ham alohida qayd etdi. Biroq uning fikricha, o‘yin boshlangandan keyin futbolchilar raqibning yulduzli nomlariga emas, o‘z vazifalariga e’tibor qaratishi shart.

«Ronaldu buyuk futbolchi va katta yulduz. Ammo uchrashuv boshlangach, bularning barchasini unutish kerak. Biz maydondagi vazifamizga to‘liq e’tibor qaratishimiz shart», dedi u.

Italiyalik mutaxassis turnir yakunida O‘zbekiston haqida qanday taassurot qolishini istashini ham aytdi. U terma jamoa jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan bo‘lsa-da, kuchli raqiblardan qo‘rqmaydigan, yaxshi tashkil etilgan va intizomli jamoa sifatida esda qolishini xohlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?