Real Madrid Ferland Mendyni jamoadan ketishga majburlamoqchi emas

Real Madrid Ferland Mendyni jamoani tark etishga majburlamayapti va unga hech qanday bosim o'tkazmayapti. Fransiyalik himoyachi o'tgan may oyida son qismidagi mushaklar uzilishi sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, tiklanishi ijobiy kechmoqda va u sentyabr oyiyoq umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishi mumkin. Mendyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo'ljallangan.
Madridning Real klubi jarohatidan keyin tiklanish jarayonini boshdan kechirayotgan himoyachisi Ferland Mendy masalasida qatʼiy pozitsiyani egalladi. AS nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, qirollik klubi futbolchini jamoani tark etishga majburlamaydi va unga hech qanday bosim oʻtkazmayapti. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Fransiyalik futbolchi oʻtgan may oyida son qismidagi mushaklar uzilishi jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgandi. Dastlabki xabarlarda uning safdan chiqish muddati bir yilgacha choʻzilishi mumkinligi aytilgan boʻlsa-da, futbolchining yaqinlari bu taxminlarni qatʼiyan rad etishdi. Real Madrid esa vaziyatga ehtiyotkorona yondashib, tiklanish muddati toʻrt-besh oyni tashkil etishini maʼlum qilgandi.
Ferland Mendyning tiklanish jarayoni va shartnomasi
Hozirgi vaqtda Ferland Mendyning tiklanish jarayoni ijobiy kechmoqda. Agar hammasi rejadagidek ketsa, u sentyabr oyiyoq umumiy guruh mashgʻulotlariga qaytishi mumkin. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha moʻljallangan boʻlib, u safga qaytgach ham jamoa aʼzosi boʻlib qoladi.Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi fransiyalik futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Sogʻlom holdagi Mendy himoya chizigʻida ishonch kafolatidir. U Real Madrid qoʻlga kiritgan soʻnggi ikki Chempionlar ligasi gʻalabalarida muhim rol oʻynagani ham bejiz emas.
Chap qanotdagi raqobat va kelajak
Shunga qaramay, klubda chap qanot himoyachilari soni ortgani sezilmoqda. Oʻtgan yozda jamoa safiga Carreras qoʻshilgan boʻlsa, joriy yozda Marc Cucurella transfer qilindi, Fran García esa Real Betis klubiga yoʻl oldi. Ayni paytda Real Madrid ixtiyorida uch nafar chap qanot himoyachisi mavjud.Manbaga koʻra, klub uchun potensial ketish ehtimoli boʻlgan oʻyinchilar orasida aynan Mendy birinchi raqamli nomzod sifatida qaralmoqda. Biroq rahbariyat futbolchi bilan bogʻlanib, unga yangi jamoa topishni talab qilgani yoʻq. Klubdagilar jarohatlar tarixi va ayni damda safdan chiqqani sababli futbolchiga yangi xaridor topish qiyin kechishini yaxshi tushunishadi.






























Izohlar 0
…