Paragvay va Fransiya o‘yinini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Paragvay va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvga tayinlandi.
Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur G‘aynullin yordam beradi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik hakamlar mundialning pley-off bosqichida ham ish olib boradi.
Uchrashuv 4 iyul kuni AQSHning Filadelfiya shahrida o‘tkaziladi. Bahs AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar davriga to‘g‘ri keladi.
Shu sabab stadionga mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…