600 dollarlik xizmat uchun 13 ming dollar talab qilganlar jazolandi

600 dollarlik xizmat uchun 13 ming dollar talab qilganlar jazolandi

Toshkentdagi «Farhod» avtomobil ehtiyot qismlari bozorida faoliyat yuritgan 14 nafar shaxs tovlamachilikda aybdor deb topildi. Ular mijozlarni qo‘rqitib, avtomobillarga ruxsatsiz ehtiyot qismlari o‘rnatish va keyin katta miqdorda haq talab qilishda ayblangan.

Ish hujjatlarida qayd etilishicha, ayblanuvchilar xizmatning haqiqiy qiymatidan ancha yuqori pul so‘ragan. Jumladan, 600 dollarlik xizmat evaziga 13 ming dollar talab qilingan holat ham bo‘lgan.

Uchtepa tumanidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida sodir etilgan ushbu jinoyatlar bo‘yicha sud barcha 14 nafar shaxsni aybdor deb topdi. Ularga 3 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

Avval ham sudlangan mahkumlarning bir qismi jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi. Boshqalari esa umumiy tartibdagi koloniyalarga yuboriladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar