10:41 / 28.05.2017
5 542

"Borussiya Dortmund" Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi

"Borussiya Dortmund" Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi
Germaniya kubogining finalida "Ayntraxt Frankfurt" "Borussiya Dortmund" bilan kuch sinashdi. Uchrashuv dortmundliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob 8-daqiqada Dembele tomonidan ochildi. 29-daqiqada Rebich oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 67-daqiqada Obameyang penaltini aniq amalga oshirib, dortmundliklarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa "Borussiya" tarixida 4-bor ushbu musobaqada g‘olib bo‘ldi.

Ayntraxt F – Borussiya D 1:2
Gollar: 0:1 – 8 Dembele, 1:1 – 29 Rebich, 1:2 – 67, penalti Obameyang.
Ayntraxt F – Gradeski, Abraam, Valexo, Ochipka, Xektor, Gachinovich, Medoyevich (Tavatxa, 56), Fabian (Blum, 79), Chendler (Mayer, 72), Rebich, Seferovich.
Borussiya D – Byurki, Ginter, Papastatopulos, Bartra (Durm, 76), Gerreyru, Roys (Pulishich, 46), Kagava, Pishchek, Shmelser (Kastro, 46), Obameyang, Dembele.
Ogohlantirishlar: Gachinovich (38), Gradeski (66), Abraam (69), Rebich (87), Dembele (90).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Borussiya Dortmund" Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi