Futbol tarixidagi mutlaq rekord: Ronalduning daromadi 2 milliard dollardan oshdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq daromad topgan sport tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.
- Forbes nashri ma'lumotlariga ko'ra, 41 yoshli hujumchining 2026/2027 yilgi mavsumdagi umumiy tushumi 300 million dollarni tashkil etib, u dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari ro'yxatida yetakchilik qilmoqda.
Portugaliya milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu jahon sportida yangi moliyaviy cho‘qqini zabt etdi.
AQSHning nufuzli Forbes nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, 41 yoshli afsonaviy hujumchi butun faoliyati davomida topgan umumiy daromadi 2 milliard dollardan oshgan sport tarixidagi ilk futbolchi sifatida rasman qayd etildi. U nafaqat maydondagi natijalari, balki yirik biznes imperiyasi bilan ham rekordlarni yangilashda davom etmoqda.
Bir mavsumda 300 million dollar: Ronalduning daromadi nimalardan iborat?
Krishtianu dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida yakkapeshqadamlikni mustahkam saqlab turibdi. Uning 2026/2027 yilgi mavsumdagi umumiy tushumi 300 million dollarga baholanmoqda:
Klubdagi maosh va bonuslar: 250 million dollar — «An-Nasr» safidagi o‘yinlari uchun to‘lanadigan kafolatlangan mablag‘;
Tijorat va reklama shartnomalari: 50 million dollar — shaxsiy brendi (CR7), yirik global homiylik bitimlari va tadbirkorlik faoliyati orqali topiladigan daromad.
Ro‘yxatda Ronalduning asosiy ta’qibchisi bo‘lgan Lionel Messi undan ikki barobardan ko‘proq ortda qolmoqda (145 million dollar), kuchli uchlikni esa 100 million dollar ko‘rsatkich bilan Kilian Mbappe yakunlab turibdi.
Forbes talqini: Eng ko‘p daromad topuvchi TOP-10 futbolchi
Reytingdagi barcha 10 nafar to‘purarning umumiy yillik daromadi qariyb 942 million dollarni tashkil etmoqda (soliqlar va agentlik to‘lovlari chegirilmasidan oldin):
Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») — $300 mln
Lionel Messi («Inter Mayami») — $145 mln
Kilian Mbappe («Real Madrid») — $100 mln
Erling Holand («Manchester Siti») — $85 mln
Vinisius Junior («Real Madrid») — $76 mln
Lamin Yamal («Barselona») — $55 mln
Sadio Mane («An-Nasr») — $54 mln
Jud Bellingem («Real Madrid») — $45 mln
Xarri Keyn («Bavariya») — $42 mln
Muhammad Saloh («Liverpul») — $40 mln
Ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, 40 yoshdan oshgan bo‘lishiga qaramay, Ronaldu ham sport, ham moliyaviy jihatdan yosh avlod vakillari uchun hamon yetib bo‘lmas ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda.































Izohlar 0
…