OCHL-2018 guruh bosqichining 3-turida “Lokomotiv” safarda Qatarning “Ad-Duhayl” klubi mehmoni bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda O‘zbekiston chempionini tanib bo‘lmadi. “Lokomotiv” 25 daqiqa ichida 3 ta (!) to‘p o‘tkazib yubordi. El-Arabiy (ikki marta) va Msakniy himoyachilarning qo‘pol xatolaridan foydalanib, toshkentliklar darvozasini osonlikcha ishg‘ol etishdi.
Ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv” biroz jonlandi. 57-daqiqada Nivaldo va 59-daqiqada Bikmayevning gollari evaziga hisobdagi farq bittaga qisqardi. Shundan so‘ng, “temiryo‘lchilar” loaqal 1 ochko olish maqsadida ko‘plab hujumlarni uyushtirishdi. Biroq, ularning hech biri o‘z samarasini bermadi.
Guruhning yana bir o‘yinida Eronning “Zob Ohan” klubi “Al-Vahda”ni 2:0 hisobida yengdi.
Natijada, 3-tur o‘yinlaridan so‘ng, “Lokomotiv” guruhda 3 ochko bilan 3-o‘ringa tushib ketdi. “Ad-Duhayl” hisobida 9, “Zob Ohan” hisobida 6 ochko bor. “Al-Vahda” birorta ochko to‘plamagan.
OCHL-2018. Guruh bosqichi, 3-tur
6 mart. Doha. “Abdulloh bin Halifa” stadioni
Ad-Duhail (Qatar) – Lokomotiv (O‘zbekiston) - 3:2
Gollar: Yusuf El Arabi (9, 19), Yusuf Msakni (24) - Nivaldo (58), Marat Bikmayev (59)
Ad-Duhail: 40.Amin Lekomt, 22.Murod Naji, 4.Lukas Mendes, 18.Sulton Al Brake, 2.Muhammad Musa, 28.Yusuf Msakni, 10.Nam Te Xi, 8.Luiz Junior, 12.Karim Budiaf (15.B. Alravi, 72), 19.Almuaz Ali (7.Ismoil Muhammad, 69), 9.Yusuf El Arabi
Lokomotiv: 1.Ignatiy Nesterov, 22.Sanjar Shoahmedov, 33.Oleg Zoteyev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 7.Sadriddin Abdullayev (77.Diyor Turopov, 57), 27.Sardor Rashidov (19.Husniddin G‘ofurov, 80), 15.Sardor Mirzayev (6.Nivaldo, 56), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev
Ogohlantirishlar: Sulton Al Brake 12, Marat Bikmayev 41, Diyor Turopov 89. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi