Qatar terma jamoasi mundial uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi

1 daqiqa o'qish423
Qatar terma jamoasi mundial uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qatar milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun o‘zining yakuniy tarkibini rasman e’lon qildi.
  • Bosh murabbiy tomonidan tuzilgan mazkur ro‘yxatdan ichki chempionat yetakchilari hamda xorijda to‘p surayotgan legionerlar o‘rin oldi.
  • Osiyo vakillari mundialning "B" guruhida Kanada, Shveysariya va Bosniya va Hersegovina terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Osiyoning eng kuchli va sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan Qatar milliy terma jamoasi ham bo‘lajak 2026 yilgi Jahon chempionati uchun o‘z rejalarini pishitib oldi. Qatarliklar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ushbu nufuzli musobaqada mamlakat sharafini himoya qiladigan yakuniy tarkibni keng jamoatchilikka oshkor etdi.

Bosh murabbiy eng tajribali va ayni paytda eng sport formasida bo‘lgan yulduzlarni tarkibga jalb etgan. Ro‘yxatdan ichki chempionat yetakchilari hamda xorijda faoliyat yuritayotgan legionerlar joy olgan. Quyida mundialda maydonga tushadigan qatarlik o‘g‘lonlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Qatar milliy terma jamoasining rasmiy tarkibi:

Darvozabonlar:

  • Saloh Zakariya («Duhayl»)

  • Meshaal Issa Barsham («As Sadd»)

  • Mahmud Abunada («Ar Rayyan»)

Himoyachilar:

  • Bualem Huhi («As Sadd»)

  • Pedru Migel («As Sadd»)

  • Sultan Al Brake («Duhayl»)

  • Al Hashmi Al Husseyn («Al Arabi»)

  • Ayub Al Uyi («Al Garafa»)

  • Issa Laye («Al Arabi»)

  • Lukas Mendes («Al Vakra»)

  • Homam Al Amin («Kultural Leonesa», Ispaniya)

Yarimhimoyachilar:

  • Ahmed Fathi («Al Arabi»)

  • Jassem Gaber («Ar Rayyan»)

  • Assim Madibo («Al Vakra»)

  • Abdulaziz Hatem («Ar Rayyan»)

  • Karim Budiaf («Duhayl»)

  • Muhammad Al Mannai («Ash Shamal»)

Hujumchilar:

  • Almoyez Ali («Duhayl»)

  • Akrom Afif («As Sadd»)

  • Tahsin Muhammad Jamshid («Duhayl»)

  • Edmilson Junior («Duhayl»)

  • Ahmed Al Ganehi («Al Garafa»)

  • Ahmed Alaeldin («Ar Rayyan»)

  • Hasan Al Haydos («As Sadd»)

  • Muhammad Muntari («Al Garafa»)

  • Yusuf Abdurisag («Al Vakra»)

Qatarliklarni guruhda qanday sinovlar kutmoqda?

Kichik ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Qatar terma jamoasi bo‘lajak Jahon chempionatining guruh bosqichida ancha jiddiy va qiziqarli kvartetdan joy olgan.

Qur’a natijalariga ko‘ra, ular "B" guruhida kurash olib borishadi. Osiyo chempionlariga guruhdan chiqish yo‘lida shiddatli Kanada, tartibli Shveytsariya hamda Yevropaning jiddiy vakillaridan biri hisoblangan Bosniya va Hersegovina milliy terma jamoalari raqiblik qiladi.

Guruhdagi kurashlar o‘ta shiddatli kechishi kutilmoqda. Qatar terma jamoasiga bo‘lajak Jahon chempionati bahslarida chiroyli o‘yinlar va omad yor bo‘lishini tilaymiz!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?