Nivaldo: “Zob Ahan”dan ilk o‘yindagi mag‘lubiyat alamini olishga urinamiz

Nivaldo: “Zob Ahan”dan ilk o‘yindagi mag‘lubiyat alamini olishga urinamiz
LokomotivOsiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur o‘yinlari doirasida “Al Vahda”ni 4:1 hisobida taslim etdi. Uchrashuvdan so‘ng “temiryo‘lchilar” jamoasi a’zosi Nivaldo klub rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

– “Lokomotiv” “Al Vahda” ustidan haqli ravishda g‘alaba qozondi. Zero biz ushbu uchrashuvda raqibdan ko‘ra mazmunliroq o‘ynadik. Aksariyat hujumlarimizni muvaffaqiyatli yakunlay oldik va 4 marta raqib darvozasini ishg‘ol etdik. Bundan juda ham xursandmiz. Guruhimizdagi yana bir uchrashuvda “Duhail” “Zob Ahan”ni mag‘lub etdi. Bu esa Toshkentda o‘tadigan so‘nggi tur bellashuvi juda murosasiz ko‘rinish olishini anglatadi.

Biz Eron klubidan ilk o‘yindagi mag‘lubiyat alamini olishga urinamiz. Ishonchim komil, agar guruhdan chiqsak qit’a chempionlar ligasida ancha jiddiy natijalar qayd etishga kuchimiz yetadi. Eng muhimi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab olishimiz zarur, – dedi tajribali futbolchi.

Manba: lokomotiv.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar