
17 aprel sanasida Germaniya kubogi yarim finali doirasida birinchi juftlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi juftlikda Leverkuzenning “Bayer” jamoasi o‘z uyida Myunxenning “Bavariya”sini mehmon qildi. Uchrashuv to‘liq mehmonlar ustunligida o‘tdi. “Bavariya” safida Tomas Myuller xet-trikka erishdi, Robert Levandovski esa dublga yana bir gol Tyago Alkantara hisobiga yozildi. “Bayer”ning gollariga esa Lars Bender hamda Leon Beyli mualliflik qildi. Shu tariqa o‘yin Xaynkes shogirdlarining 2:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Bavariya” finaldagi raqibini 18 aprel oqshomida bilib oladi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa “Shalke-04” 18 aprel kuni o‘z maydonida “Ayntraxt”ni qabul qiladi.
Germaniy kubogi
½ final uchrashuvlari
17 aprel, seshanba
“Bayer Leverkuzen” — “Bavariya” 2:6
Gollar: 0:1 – 3 Levandovski, 0:2 – 9 Levandovski, 1:2 – 16 Bender, 1:3 – 52 Myuller, 1:4 – 61 Alkantara, 1:5 – 64 Myuller, 2:5 – 72 Beyli, 2:6 – 78 Myuller. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar