4 839
Kunlari echkiga qoldi: Bashoratchi echki jahon chempionati g‘olibini taxmin qildi (video)
Zabiyaka laqabli bashoratchi echki Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi. Uning taxminiga ko‘ra, Belgiya terma jamoasi ushbu musobaqa g‘olibiga aylanar emish...
Zabiyakaga bu tanlovni qabul qilish jarayonida olti likopcha yemish ajratildi. Har bitta likopchaning ostiga Belgiya, Rossiya, Fransiya, Argentina, Braziliya va Germaniya terma jamoalarining bayrog‘i joylashtirildi.
Samara hayvonot bog‘ida kun kechirayotgan echki Belgiya bayrog‘i ustidagi yemishni tanovvul qilgan.
Echki muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada jahon chempionati doirasidagi o‘yinlar natijasini taxmin qilish huquqiga ega bo‘lgan.
JCH-2018 bashoratchiligiga echkidan tashqari, Saymon laqabli oq maymun, tulki Richard, Aysedora laqabidagi tovuq, Koko ismli skuns, Murzik nomidagi piton va nihoyat Skuns laqabidagi tuya nomzodlari da’vogarlik qilgan. Yuqoridagi barcha jonvorlar Samara hayvonot bog‘ida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, echki Zabiyaka avvalroq, Rossiya – Braziliya (0:3) va Rossiya – Fransiya (1:3) o‘yinlarining natijasini to‘g‘ri topgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, JCH-2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donu shaharlaridagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti