17:53 / 22.05.2018
4 225

Soliq qo‘mitasining sobiq rahbari Botir Parpiyev yana bir lavozimni tark etdi (foto)

Soliq qo‘mitasining sobiq rahbari Botir Parpiyev yana bir lavozimni tark etdi (foto)
Joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov konferensiyasida Botir Parpiyev Rahmatovich assotsiatsiya prezidentligidan ozod etilgan hamda yangi rahbar sifatida Laziz Saydivaliyevich Hasanov tanishtirilgan.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yangi rahbar oldiga ma’lum talab va vazifalar qo‘yildi. Jumladan, Laziz Hasanov qisqa vaqt ichida terma jamoalarga iqtidorli sportchilar yetkazib berish tizimini qayta ko‘rib chiqishi, murabbiylar malakasini oshirishga e’tiborni kuchaytirishi, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda o‘zbekistonlik taekvondochilarning muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Soliq qo‘mitasining sobiq rahbari Botir Parpiyev yana bir lavozimni tark etdi (foto)