16:51 / 26.05.2018
3 113

Keyrush Eron termasidan ketishini e’lon qildi. U O‘zbekistonga keladimi?

Keyrush Eron termasidan ketishini e’lon qildi. U O‘zbekistonga keladimi?
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Eron terma jamoasi boshqaruvidan ketishini ma’lum qildi.

«O Jogo» nashri xabariga ko‘ra, 65 yoshli portugaliya mutaxassis eronliklarning unga bor-yo‘g‘i yarim yillik shartnoma taklif etganidan g‘azablangan va terma jamoani tark etishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradigan nomzodlar orasida Karlush Keyrush ham borligini ma’lum qilgan edi. Bu haqda jahon chempionatidan so‘ng rasman e’lon qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)