12:30 / 27.05.2018
3 616

Karius: "Mening xatolarim «Liverpul»ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Hammadan kechirim so‘rayman"

Кариус: "Менинг хатоларим «Ливерпуль»нинг мағлубиятига сабаб бўлди. Ҳаммадан кечирим сўрайман"
«Liverpul» klubi darvozaboni Loris Karius «Real» jamoasiga YeChL final o‘yinida uchralgan mag‘lubiyatdan (3:1) keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men hozir hech narsa his qilmayapman. Bugun men jamoamning o‘yinini boy berdim.

Hammaning oldidan aybdorligimni sezmoqdaman. Barchadan kechirim so‘rayman, jamoadan, butun klubdan kechirim so‘rab qolaman.

Xatolar bizga qimmatga tushdi. Agar men ortga qayta olganimda barchasini to‘g‘irlagan bo‘lar edim. Men jamoadoshlarimga achinaman. Bilaman aynan men ularni ortga tortdim.

Hozir juda qiyin. Biroq bu darvozabon hayoti. Sen yana boshingni ko‘tarishing kerak.

O‘tkazib yuborgan gollarim bizning sovrinsiz qolishimizga sabab bo‘ldi», - deydi Karius.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karius: "Mening xatolarim «Liverpul»ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Hammadan kechirim so‘rayman"