Mbappe: «Real Madrid bilan Chempionlar ligasini yutishni istayman»

«Real Madrid» Chempionlar ligasining yangi mavsumida «Inter»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar safida Kilian Mbappe ham gol urdi. Uchrashuvdan keyin fransuz hujumchisi jamoaning mavsumdagi maqsadlari va shaxsiy sovrinlar haqida fikr bildirdi.
Mbappening aytishicha, «Real Madrid» bu mavsumda avvalgidan ham ko‘proq jamoa sifatida harakat qilishi kerak.
«Bu mavsum haqiqiy jamoa sifatida o‘ynashni istaymiz, o‘ziga xos ishlar qilishni xohlaymiz. O‘tgan mavsum qiyin o‘tdi. Umid qilamanki, bu mavsum jamoa sifatida kurashamiz», dedi Mbappe.
Fransuz futbolchisi uchun jamoaviy sovrinlar shaxsiy mukofotdan ustun ekanini ham ta’kidladi. U «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishdan ko‘ra «Real Madrid» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istashini aytdi.
«Men “Oltin to‘p”dan ko‘ra “Real Madrid” bilan Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishni istayman», dedi hujumchi.
Mbappe «Inter»ga qarshi o‘yin oldidan ham asosiy e’tiborini jamoaviy natijaga qaratayotganini aytgan edi. U «Real Madrid»dagi asosiy maqsadi jamoaga o‘yinlar va sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam berish ekanini ta’kidlagan.































Izohlar 0
…