00:32 / 30.05.2018
3 522

Sergey Semak “Zenit”ga bosh murabbiy bo‘ldi

Sergey Semak “Zenit”ga bosh murabbiy bo‘ldi
“Zenit”ning yangi bosh murabbiyi Sergey Semak bo‘ladi, u 2016 yildan buyon “Ufa”ni boshqarib kelayotgandi, bugun ufaliklar u bilan shartnoma bekor qilingani haqida e’lon qilishgandi.

42 yoshli ushbu mutaxassis Sankt-Peterburg klubi bilan keyinchalik uzaytirish sharti ko‘zda tutilgan 2 yillik shartnoma tuzgan.

Semak “Zenit” safida 2010-2013 yillarda to‘p surgan va 3 sovrin yutib olgan – 2010, 2011/12 yillarda Rossiya chempionatida va 2011 yilda Rossiya Superkubogida.

2016 yilgacha Semak “Zenit” murabbiylar shtabida ishlagan – u Luchano Spaletti va Andre Villash-Boashga yordamchilik qilgan.

2014 yilda Semak “Zenit”da murabbiylik faoliyatini boshlagandi, u Spaletti ketganidan keyin vaqtincha bosh murabbiylik vazifasini ham bajargan.

Semak rahbarligida jamoa 2 o‘yin o‘tkazgan – 15 mart kuni Rossiya chempionati doirasida SSKA bilan o‘yinda mag‘lubiyat (0:1), 19 mart kuni YECHL nimchorak finali javob uchrashuvida Dortmundning “Borussiya” klubi ustidan g‘alaba (2:1).

Roberto Manchinidan keyin “Zenit” bosh murabbiyligi uchun Semakdan tashqari Marselo Galyardo, Xorxe Sampaoli, Paulu Fonseka va Mauritsio Sarri nomzodlari ko‘rib chiqilgandi. Oxirgi pallalarda “Zenit” Semakni Sarridan afzal ko‘rdi, italiyalik mutaxassis esa “Chelsi”ga tayinlanishi mumkin.

“Zenit”ning oxirgi rossiyalik murabbiyi Anatoliy Davidov bo‘lgandi, u klubda 2009 yili ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Semak “Zenit”ga bosh murabbiy bo‘ldi