06:30 / 03.06.2018
2 278

Dunyoning eng kuchli 5 nafar markaziy himoyachisi (foto)

Dunyoning eng kuchli 5 nafar markaziy himoyachisi (foto)
Dunyoda shunday markaziy himoyachilar borki, ularga baho berish shart emas. Ular orqali jamoalar o‘zlarining maqsadiga yetisha olishadi.

Bunday himoyachilar o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishadi, raqib hujumchilariga imkoniyat berishmaydi, o‘z darvozasi oldini har doim "tozalab" yurishadi, shuningdek, gollar urib turishadi. Quyida biz shu haqda so‘z yuritamiz...

5. LEONARDO BONUChChI
Yakunlangan mavsumda Bonuchchi "Milan"ning yetakchi futbolchisi ekanligini ko‘rsata oldi.

31 yoshli himoyachida katta tajriba bor. U "Yuventus" tarkibida 6 marta Italiya A Seriyasi g‘olibligi va ikki marta "Koppa Italiya" sovrinini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, "keksa sinora" bilan ikki marta UYeFA chempionlar ligasi finaligacha yetib borgan. Biroq birorta xalqaro turnirda g‘oliblikka erishmagan.

Turindagi ajoyib faoliyati davomida u Jorjo Kellini bilan birgalikda "Yuventus"da ajoyib tandem hosil qildi. 2017 yilda esa u kutilmaganda 42 mln yevro evaziga "Milan"ga ko‘chib o‘tdi.

Bu mavsumda u "Milan" tarkibida 42 uchrashuvda maydonga tushdi. A Seriyadagi 19 g‘alabada o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Ushbu uchrashuvlarda u 114 bora raqibidan to‘pni olib qo‘ygan.

4. KALIDU KULIBALI
Kulibali bu mavsumda qanday darajadagi futbolchi ekanligini isbotladi. "Napoli"ning ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritishida uning o‘rni katta bo‘ldi.

Senegallik himoyachi Mauritsio Sarri qo‘l ostida jamoaning tizimiga mos tushdi va qobiliyatli, anchagina tartibli futbolchiligini ko‘rsatdi. Havodagi kurashlarda, raqib darvozasi oldida o‘z harakatlari bilan barchaning e’tiboriga tushdi.

26 yoshli futbolchi 2017/18 yilgi mavsumda barcha turnirlarda "Napoli" uchun 45 uchrashuvda qatnashdi va hujumlarning 48 foizini qaytarib qoldi. 113 marta raqibidan to‘pni olib qo‘yishga erishdi. 14 marta raqib zarbasini o‘ziga qabul qilib oldi.

Kulibali o‘z o‘yinlari va ko‘rsatayotgan natijalari bilan dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.

3. MATS XUMMELS
2016 yilda "Borussiya"dan 35 million evaziga "Bavariya"ga o‘tganidan keyin Xummels jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Uzoq vaqt davomida u eng yaxshi himoyachilar ro‘yxatida turdi.

Sentyabr oyida Manuel Noyer jarohat olganidan keyin himoyachilarga katta yuklama tushdi. Xummels esa eng katta yuklamani o‘ziga qabul qildi.

Futbol ekspertlari uning kuchi, to‘p bilan muomalasi, bosh bilan zarba berishi va boshqa sifatlariga yuqori baho berdi. Xummels qarshi hujumga o‘tishda ham katta tajribaga ega. Bu esa raqib jamoa uchun katta xavfni tug‘diradi.

Bu mavsumda germaniyalik futbolchi "Bavariya" tarkibida 41 uchrashuvda qatnashdi. Jamoaning YeChL pley-off bosqichida "Real"ga mag‘lub bo‘lgan uchrashuvlarida u yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va raqibining ko‘pgina hujumlarini qaytarib qoldi.

YeChLda u raqiblarining 33 foiz hujumlarini to‘xtatib qoldi. 21 marta to‘pni olib qo‘ydi va 3 bora raqib zarbasini o‘ziga qabul qilib oldi.

2. XERAR PIKE
"Manchester Yunayted"ni tark etib, "Barselona"ga qaytganidan keyin Pike katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Ispaniyalik futbolchi o‘zi qatnashgan barcha turnirlar sovrinlarini qo‘lga kiritdi. "Barselona" tarkibida yetti marta LaLiga, olti marta Ispaniya kubogi, uch marta YeChL sovriniga ega chiqdi.

Shunday bo‘lsa-da, Pike uzoq vaqt davomida tanqidlar girdobida qolib ketdi. Biroq u o‘zining chiroyli o‘yinlari orqali vaziyatdan chiqib ketishni uddaladi.

Bu mavsumda "Barselona" ichki chempionat va kubok bahslarida chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, YeChLda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

LaLigada 31 yoshli futbolchi o‘zi qatnashgan uchrashuvlarda 34 foiz hujumlarni to‘xtatib qoldi. 105 marta raqiblardan to‘pni olib qo‘yishga erishdi va 23 marta darvozaga berilgan zarbalarni o‘ziga qabul qilib oldi.

Pike yaqinlashib kelayotgan mundialda termasining asosiy himoyachisi bo‘ladi.

1. SERXIO RAMOS
Kutganingizdek, ro‘yxatning birinchi pog‘onasida - Serxio Ramos.

Ispaniyalik futbolchi 2017/18 yilgi mavsum UYeFA chempionlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va jamoasining so‘nggi 5 yilda 4 marta YeChL sovrinini qo‘lga kiritishida muhim omil bo‘ldi.

Bir necha mavsumdan beri u dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri bo‘lib turibdi. Ramos jismoniy va ruhiy tomondan ham anchagina kuchli.

32 yoshli futbolchi bu mavsum barcha turnirlarda 41 uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u raqiblarining 34 foiz zarbalarini qaytarib qolishga erishdi. Shuningdek, 25 marta raqibning darvozaga bergan to‘plarini o‘ziga qabul qildi.

Ramos terma jamoa tarkibida himoyachi bo‘lishga qaramasdan 13 gol kiritishga erishdi.
Mirjalol Normatov tarjimasi


Manba:championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)